locale OZ

«Bavariya» Alfonso Devisning jarohati borasida rasmiy ma’lumot berdi

Kanadalik futbolchi «PSJ»ga qarshi oʻyinda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Alfonso Devisning jarohati borasida rasmiy ma’lumot berdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jamoaning chap qanot himoyachisi Alfonso Devisning ayni damdagi holati yuzasidan bayonot e’lon qildi.

«Alfonso Devis Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi «Pari Sen-Jermen»ga qarshi javob o‘yinida chap oyog‘i son qismining orqa mushaklaridan jarohat oldi. Shu sababli u bir necha haftaga safdan chiqdi.

Senga tezroq sog‘ayib ketishingni tilaymiz, Fonzi!», — deyiladi myunxenliklar xabarida.

Joriy mavsumda Devis barcha turnirlar doirasida 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va 5 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, kanadalik himoyachining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting