locale OZ

“Bavariya” Alfonso Devis sabab muammolar duch kelmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bavariya” Alfonso Devis sabab muammolar duch kelmoqda
FOTO: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi Alfonso Devis bilan shartnomani uzaytirish borasida muammoga duch kelmoqda. Bu haqda jurnalist Stefan Kumberger xabar berdi.

Manbaga ko'ra, kanadalik futbolchi yangi kelishuvni imzolash uchun 22 million yevro bonus olgan. Bu myunxenliklarning boshqa muzokaralari yo'nalishini butunlay o'zgartirib yubordi.

Qayd etilishicha, Yozua Kimmix ham shartnomani uzaytirish uchun “Bavariya”da ko'proq pul talab qila boshlagan. Shuningdek, Upamekano bilan xuddi shunday muammo bo'lmoqda.

Klub rahbariyati futbolchilarning bunday moliyaviy talablarini ortiqcha deb hisoblamoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Alfonso Devis “Bavariya” bilan 2030-yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting