«Bavariya» 2012 yildan beri ilk bor «Real»ni YChLdan chiqarib yubordi
«Bavariya» Chempionlar Ligasi chorak finalining javob uchrashuvida Madridning «Real» klubini 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, myunxenliklar 2012 yildan buyon ilk bor nufuzli yevrokubokning pley-off bosqichida «qirollik klubi» to‘sig‘idan o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi.
2012 yilda «Bavariya» penaltilar seriyasida «Real»dan ustun kelgan edi (3:3, penaltilar bo‘yicha — 3:1). Shundan so‘ng, poytaxt klubi 2014, 2017, 2018 va 2024 yillarda «qizillar»ni musobaqadan chiqarib yuborgan.
Endilikda «Bavariya» Chempionlar Ligasi yarimfinalida «PSJ» jamoasi bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, 1/8 final bosqichida «qaymoqranglilar» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Manchester Siti»ni 5:1 hisobida mag‘lub etishgan edi. Myunxenliklar esa xuddi shu bosqichda «Atalanta»ni umumiy 10:2 hisobida tormor keltirishgan.