locale OZ

«Bavariya» 2012 yildan beri ilk bor «Real»ni magʻlub etdi

Bundan 14 yil avval myunxenliklar YChL yarimfinalida madridliklar ustidan gʻalaba qozongandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» 2012 yildan beri ilk bor «Real»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki bahsida Madridning «Real» jamoasi ustidan g‘alaba qozonib (2:1), o‘ziga xos noxush an’anaga chek qo‘ydi.

Nemis klubi nufuzli musobaqa doirasida 2012 yilning aprel oyidan buyon ilk bor «qaymoqranglilar»ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan 14 yil avval, aniqrog‘i 2012 yilda «Bavariya» yarimfinalning birinchi uchrashuvida aynan 2:1 hisobida zafar quchgan edi. Javob o‘yinida xuddi shunday hisobda imkoniyat boy berilgan bo‘lsa-da, myunxenliklar penaltilar seriyasida aniqroq harakat qilib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan.

2012 yildan keyin jamoalar Chempionlar Ligasi doirasida 2014, 2017, 2018 va 2024 yillarda to‘qnash kelishgan. Ushbu davr mobaynida o‘tkazilgan rasmiy o‘yinlarning 6 tasida «Real» g‘alaba qozongan, yana 2 ta bahsda esa durang qayd etilgan edi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, ushbu vaqt oralig‘ida jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushishgan. Nazorat bahslarining ikkitasida (2015 va 2019 yillarda) «Bavariya» g‘olib chiqqan bo‘lsa, 2016 yilgi o‘rtoqlik o‘yini «Real»ning g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Rasmiy musobaqalardagi tanaffusdan so‘ng qozonilgan ushbu g‘alaba Myunxen klubi uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting