«Bavariya» 1995-yildan beri ilk bor yevrokuboklarda beshta to'p o'tkazib yubordi
"Bavariya" Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinida "PSJ"ga (4:5) imkoniyatni boy berdi.
Opta xabariga ko‘ra, Myunxen klubi 1995-yilning aprel oyidan buyon ilk bor yevrokuboklarda beshta gol o‘tkazib yubordi.
So‘nggi bor bunday holat 1994/1995-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi yarim finalida "Ayaks"ga qarshi safar o‘yinida (2:5) yuz bergandi.
Bundan tashqari, "Pari Sen-Jermen" 2025/2026-yilgi mavsumda Chempionlar ligasining to‘rtta o‘yinida kamida beshtadan gol urdi — bu turnirning ushbu mavsumida boshqa har qanday klubnikidan ko‘proq.
Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "PSJ" va "Bavariya"ning javob o‘yini bir haftadan so‘ng — 6-may, chorshanba kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Bu juftlik g‘olibi finalga chiqadi va u yerda "Atletiko" hamda "Arsenal" o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kuch sinashadi.