locale OZ

«Bavariya» 17 yoshli Lenart Karl bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» 17 yoshli Lenart Karl bilan shartnomani uzaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi yarimhimoyachi Lenart Karl bilan shartnomani 2031 yil yozigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi kelishuvi avtomatik tarzda professional shartnoma maqomiga o‘tadi. Klub Karlning maoshini sezilarli darajada oshirishni ko‘zlamoqda. Hozirda u yiliga taxminan 1–2 million yevro maosh olmoqda, shartnoma uzaytirilgach esa bu ko‘rsatkich 5–7 million yevrogacha oshishi mumkin.

Avvalroq 17 yoshli yarimhimoyachi Lenart Karl Madridning «Real» klubi uning orzudagi jamoasi ekanini aytgandi.

Joriy mavsumda Lenart Karl «Bavariya»ning asosiy jamoasida debyut qildi. U barcha musobaqalarda 21 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etadi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting