Bastoni uchun asosiy daʼvogar boʻlgan ikki klub nomi maʼlum boʻldi
«Inter» himoyachisi qishki transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
FOTO: Getty Images
«Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni transferi bo‘yicha asosiy nomzodlar aniqlandi. Quotidiano Sportivo nashriga ko‘ra, italiyalik futbolchi uchun kurash «Barselona» va «Liverpul» o‘rtasida kechadi.
Manbaga ko‘ra, Bastoni bilan «Inter» o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanmasligi kutilmoqda.
Joriy mavsumda «Inter» himoyachisi barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Bastonining bozor qiymati 80 mln yevroni tashkil qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist