Bastoni «Liverpul»ga o'tishi mumkin
Unga "Barselona" ham jiddiy qiziqmoqda.
ФОТО: Getty images
"Inter"ning markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TeamTalk nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar 26 yoshli italiyalik futbolchini Virjil van Deyk uchun o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Shuningdek, unga "Barselona" jamoasi ham qiziqmoqda. Ammo "Liverpul" asosiy da'vogar ekani aytilmoqda.
O'z navbatida "Inter" ham Bastonini o'z safida olib qolishni istamoqda. Klub u bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist