locale OZ

Bastoni «Barselona»ga oʻtishni imkon qadar tezroq yakunlamoqchi

Italiyalik himoyachining «Inter» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bastoni «Barselona»ga oʻtishni imkon qadar tezroq yakunlamoqchi
FOTO: Getty Images

«Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni imkon qadar tezroq «Barselona» futbolchisiga aylanish niyatida. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, futbolchi Kataloniya klubi safiga qo‘shilish imkoniyatidan nihoyatda mamnun.

«Ko‘k-anorranglilar» ushbu transfer 55-60 million yevroga tushishini taxmin qilmoqdalar. La Liga klubi mutasaddilari kelishuvning muvaffaqiyatli yakunlanish ehtimolini yuqori baholashmoqda, biroq hozircha na futbolchi va na «neradzurrilar» bilan rasmiy kelishuvga erishilgani yo‘q.

Joriy mavsumda 26 yoshli italiyalik himoyachi klub safida barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda 2 ta gol urishga va 6 ta samarali uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bastonining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting