Bashakshehir murabbiyi: Fayzullaev masalasi tez orada hal bo‘ladi
Turkiya klubi ustozi Rossiyaga qarshi embargo sabab kechayotgan transfer jarayoniga oydinlik kiritdi
Rasm: Instagram
“Bashakshehir” bosh murabbiyi Abbosbek Fayzullaevning transferi bo‘yicha vaziyat haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, kelishuv Rossiyaga qarshi qo‘llanilayotgan embargo sabab hali rasmiylashtirilmagan.
“Biz transferni amalga oshirishga tayyormiz, ammo to‘lov uchun qo‘shimcha jarayonlardan o‘tish zarur. Klub prezidenti o‘z aloqalari orqali masalaga yechim topishga harakat qilmoqda. Shu bois yaqin kunlarda ijobiy yangilik kutyapmiz. Buni biz ham, o‘yinchi ham intiqlik bilan kutmoqda”, — dedi murabbiy.
Fayzullaev ikki hafta avvalgina Turkiyaga yetib kelgan bo‘lsa-da, hali rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan. Rasmiyatchiliklar yakunlangach, u qanotda raqobatni kuchaytirishi kutilmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor