locale OZ

\"Bashakshehir\" Abbosbek Fayzullaev uchun qancha to'lamoqchiligi ma'lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bashakshehir" Abbosbek Fayzullaev uchun qancha to'lamoqchiligi ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “CSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev Turkiya Superligasi vakili — “Bashakshehir” klubiga o‘tishga juda yaqin.

Manbaga ko‘ra, Istanbul klubi moskvaliklar bilan faol tarzda muzokara olib bormoqda.

Turkiya klubi Fayzullaev uchun 7,5 million yevro to‘lashga tayyor, kelishuvga esa qo‘shimcha bonuslar ham kiritilishi mumkin.

E’tiborlisi, “Bashakshehir” ushbu to‘lovni bir yo‘la, bir martalik to‘lov tarzida amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.

“CSKA” 21 yoshli hujumkor yarim himoyachini 2023 yil Toshkentning “Paxtakor” klubidan atigi 500 ming yevro evaziga sotib olgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakuniga yetadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting