locale OZ

Bartez Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shildi

U 2007 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Bartez Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shildi
ФОТО: Getty images

Fabien Bartez Fransiya milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shildi. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) matbuot xizmati xabar berdi.

55 yoshli mutaxassis Fransiya terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

Avvalroq milliy jamoa bosh murabbiyi etib Zinedin Zidan tayinlangani xabar qilingandi. Uning shtabiga David Bettoni, Hamidu Msaidi, Gregori Dyupont, Stefan Plank, Farid Tabet va Klemant Iber ham kiritilgan.

Bartez — jahon va Yevropa chempioni, "Marsel" tarkibida Chempionlar ligasi g‘olibi, "Manchester Yunayted" bilan ikki karra Angliya chempioni hamda "Monako" safida ikki karra Fransiya chempioni bo‘lgan.

U 2007 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va shundan beri murabbiylik amaliyotiga ega bo‘lmagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting