locale OZ

«Barselona»ning sobiq futbolchisi JCh-2026'dan keyin Meksika milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi

Tomonlar oʻrtasida 2030 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona»ning sobiq futbolchisi JCh-2026'dan keyin Meksika milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi
FOTO: Getty Images

«Barselona» va Meksika milliy jamoasining sobiq futbolchisi Rafael Markes 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng milliy terma jamoa bosh murabbiyiga aylanadi.

Bu qaror haqida Meksika futbol federatsiyasi direktori Duilio Davino ma’lum qildi. 47 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2030 yilga qadar mo‘ljallangan. Hozirda Markes Xavyer Agirre shtabida faoliyat yuritmoqda va turnir yakunlangach, aynan uning o‘rnini egallaydi.

«Rafael bilan shartnoma imzolab bo‘lingan. Murabbiy yordamchisi va murabbiy sifatida u xuddi futbolchilik davridagidek: jamoani ijobiy tomonga o‘zgartira oladi», — deya Davinoning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Markes murabbiylik faoliyatini «Barselona» tizimida boshlagan edi. Bungacha u Yevropa va Meksikaning bir qator klublarida, jumladan, «Monako» va «Nyu-York Red Bulls» jamoalarida to‘p surgan. Terma jamoa safida esa Konfederatsiyalar Kubogi va ikki bor KONKAKAF Oltin Kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

JCh-2026 musobaqasida meksikaliklar guruh bosqichida ishtirok etishadi, shundan so‘ng jamoa yangi siklni bevosita Markes qo‘l ostida boshlaydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting