«Barselona»ning sobiq futbolchisi Chempionship klubiga o'tishga yaqin
Tomonlar o'rtasida allaqachon kelishuv bor.
ФОТО: Getty images
“Barselona” yarim himoyachisi Oriol Romeu faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishga yaqin, deya xabar beradi Daily Echo nashri.
Manbada keltirilishicha, “Southampton” klubi 34 yoshli futbolchi bilan faol tarzda muzokara olib bormoqda. U “Barselona” bilan kelishuvni avgust oyida bekor qilganidan beri jamoadan tashqarida qolmoqda.
Tomonlar o'rtasida allaqachon kelishuv bor. Kelishuv tibbiy va boshqa transfer rasmiyatchiliklaridan so'ng yakunlanadi.
"Southampton" ayni damda Chempionshipda 21-o'rinni egallab turibdi. Romeu 2015-2022 yillar davomida "Avliyolar" safida 256ta o'yin o'tkazib, 69ta sariq kartochka olgan, 8ta gol urgan va 7ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist