«Barselona»ning Rashford bo‘yicha pozitsiyasi ma’lum
Futbolchi yozda "MYU"dan "Barselona"ga ijaraga asosida kelib qo‘shilgandi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" hujumchisi Markus Rashfordning o‘yinlaridan mamnun. Bu haqda The Sun xabar tarqatmoqda.
Klub yozgi transfer oynasi vaqtida ingliz futbolchisini "Manchester Yunayted"dan ijaraga olgandi.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati hujumchining to‘laqonli transferini rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. Rashfordni sotib olish Kataloniya grandi uchun 25 million yevroga tushishi mumkin.
Shuningdek, yana 5 million "qizil iblislar"ga bonus to‘lovlari sifatida o‘tishi mumkin.
Joriy mavsumda u kataloniyaliklar safida 10 ta bahsda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va beshta assist yozdirib qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist