«Barselona»ning ikkinchi eng uzoq davom etgan magʻlubiyatsiz seriyasiga chek qoʻyildi
«Barselona» Ispaniya La Ligasining 20-turida «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinda (1:2) mag‘lub bo‘lib, uzoq davom etgan magʻlubiyatsiz seriyasiga chek qoʻydi.
Avvalroq xabar qilinganidek, kataloniyaliklar ketma-ket 11 uchrashuvda g‘alaba qozongan edi. Bu klub tarixidagi eng uzoq davom etgan ikkinchi g‘alabali seriya hisoblanadi. «Barselona»ning rekord ko‘rsatkichi 2005/2006 yilgi mavsumda qayd etilgan. O‘shanda 22 oktyabrdan 22 yanvargacha bo‘lgan davrda jamoa ketma-ket 18 ta uchrashuvda zafar quchgan: 13 tasi La Ligada, uchtasi Chempionlar Ligasida va ikkitasi Ispaniya Kubogida.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 29 noyabrdan buyon «Barselona» Ispaniya Kubogi va Superkubogida ikkitadan o‘yinda g‘alaba qozondi, Chempionlar Ligasida bir uchrashuvda zafar quchdi hamda La Liga doirasida olti bor muvaffaqiyatga erishdi.