locale OZ

“Barselona”ning ikki yetakchisi “Osasuna”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona”ning ikki yetakchisi “Osasuna”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
FOTO: fcbarcelona.com

Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchilari Rafinya va Ronald Arauxo La Liganing 27-turidan o'rin olgan “Osasuna”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ma'lum qildi.

Har ikkala futbolchi ham JCh-2026 saralashida o'z terma jamoalari safida harakat qilishdi. Shu sababli murabbiy ularga dam bermoqchi.

“Rafinya va Arauxo o'ynay olmaydi. Ular tiklanishi kerak”, - deydi Flik.

Ma'lumot uchun, “Barselona” va “Osasuna” o'rtasidagi bahs 27-martdan 28-martga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting