“Barselona”ning asosiy darvozaboni umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi
“Barselona” darvozaboni Joan Garsiya tizzasidagi muammolardan so‘ng jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. 25 yoshli futbolchi chorshanba kungi mashg‘ulotda jamoadoshlari bilan birga ishladi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Garsiyaning tizzasidagi muammo ortda qolgan va u yaqinlashib kelayotgan “Xetafe”ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Darvozabon sentabr oyi o‘rtalaridan buyon to‘liq guruh mashg‘ulotlarida qatnashmayotgan edi.
Garsiya “Rasing”ga qarshi uchrashuvda tizzasidan noqulaylik sezib, tanaffusda almashtirilgan edi. Keyinchalik u La Ligada “Sevilya”ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yubordi. Klub avvalroq futbolchining o‘ng tizzasida yengil noqulaylik borligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, “Barselona” La Liganing dastlabki 7 ta uchrashuvining barchasida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Kataloniyaliklar navbatdagi o‘yinini 10-oktabr kuni “Xetafe”ga qarshi o‘tkazadi.