locale OZ

“Barselona”ni yana bir yarim himoyachi tark etadi - Romano

Hans-Diter Flik Kasadoga kelasi mavsumda unga katta umid bog‘lamayotganini ma’lum qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona”ni yana bir yarim himoyachi tark etadi - Romano
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado yaqin vaqt ichida Kataloniya klubini tark etishi mumkin. Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchining jamoadan ketishi kutilmoqda.

Kasadoning faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi hozircha noma’lum. Shu bilan birga, uning Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmayapti. Futbolchining agenti Jorje Mendesh unga yangi klub topish ustida ishlamoqda.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Kasadoga kelasi mavsumda unga katta umid bog‘lamayotganini ma’lum qilgan. Shu sabab yarim himoyachining yozgi transfer oynasida jamoani tark etish ehtimoli yuqori baholanmoqda. Transfermarkt portali Kasadoning bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, “Barselona”dan yana bir yarim himoyachi — Tommi Markesning Portugaliyaning “Braga” klubiga transferi ham kelishib olingan. Kasado ham Kataloniya klubini tark etsa, jamoaning yarim himoya chizig‘ida yana bir o‘zgarish yuz beradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting