\"Barselona\"ga Yevropa chempioni taklif qilindi
Kataloniyaning "Barselona" klubiga Ispaniya terma jamoasi va "Al-Nassr" himoyachisi Emerik Lyaport xizmatlari taklif etildi. Bu haqda COPE radiosi xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchining vakillari transfer bo‘yicha dastlabki aloqalarni o‘rnatgan. Klub prezidenti Joan Laporta ushbu variantni ma'qullagan bo‘lsa-da, yakuniy qaror sport direktori Deku va bosh murabbiy Xansi Flikning fikriga bog‘liq bo‘ladi.
31 yoshli Lyaport avval ham "Barselona" safida to‘p surishga yaqin kelgan, biroq transfer amalga oshmagan edi. Endi esa himoyachining Kataloniya klubiga o‘tish ehtimoli yana kun tartibiga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Emerik Lyaport Ispaniya terma jamoasi safida Yevro-2024 g‘olibiga aylangan hamda JCh-2026'da ham jamoaning asosiy himoyachilaridan biri sifatida harakat qilmoqda.