locale OZ

“Barselona”da Rafinya va Pedrining “Oltin to‘p” ro‘yxatiga kiritilmagani keskin tanqid qilindi

“Barselona” futbolchilaridan Lamin Yamal va Pau Kubarsi 2026-yilgi “Oltin to‘p” nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona”da Rafinya va Pedrining “Oltin to‘p” ro‘yxatiga kiritilmagani keskin tanqid qilindi
Foto: Getty Images

“Barselona” sport direktori Deku Rafinya va Pedrining 2026-yilgi “Oltin to‘p” uchun 30 nafar nomzod qatoriga kiritilmaganiga munosabat bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis bu qarorni keskin tanqid qildi.

“Men uchun ularning ro‘yxatda yo‘qligi — jahon miqyosidagi mojaro. Afsuski, adolatsizliklar bo‘lib turadi. Pedridek iqtidorli futbolchi qanday qilib ro‘yxatga kirmaganini tushunmayman”, — dedi Deku El Món a RAC1 dasturida.

Rafinya o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Pedri esa 43 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 12 ta assist qayd etgan. Shunga qaramay, har ikki futbolchi “Oltin to‘p” uchun yakuniy 30 talikdan joy olmadi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” futbolchilaridan Lamin Yamal va Pau Kubarsi 2026-yilgi “Oltin to‘p” nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan. Deku esa Yamalni sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri deb hisoblamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting