“Barselona” yosh himoyachisini asosiy tarkibga o‘tkazadi
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va klub rahbariyati ispaniyalik himoyachining o‘yinidan katta taassurot olgan.
Foto: Getty Images
“Barselona” markaziy himoyachisi Alvaro Kortes klub asosiy jamoasi murabbiylar shtabining ishonchini qozondi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi yangi mavsumda kataloniyaliklarning asosiy tarkibiga jalb etiladi.
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va klub rahbariyati ispaniyalik himoyachining o‘yinidan katta taassurot olgan. Shu sababli Kortesga asosiy jamoada o‘z imkoniyatlarini namoyish etish uchun imkoniyat berilishi kutilmoqda.
Kortes avvalroq asosan “Barselona”ning zaxira jamoasida o‘ynagan va jamoa sardori vazifasini bajargan. U asosiy tarkib safida hozirgacha bitta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan — futbolchi may oyida “Alaves”ga qarshi La Liga bahsida debyut qilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist