«Barselona» YChL doirasidagi «Ayntraxt»ga qarshi bahsni yangilangan «Kamp Nou» stadionida oʻtkazadi
Kataloniyaning «Barselona» klubi matbuot xizmati UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turidan o‘rin olgan «Ayntraxt» (Frankfurt) bilan bahs «Barselona»ning uy maydoni — «Kamp Nou» stadionida o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uchrashuv 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
«Barselona» xabar beradiki, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turidan o‘rin olgan «Ayntraxt»ga qarshi bahs seshanba, 9 dekabr kuni «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi. Klub o‘z uy stadioniga qaytib, rekonstruksiya qilingan arenaning kompleks transformatsiya loyihasini davom ettirish imkoniyatidan mamnun», — deyiladi «Barselona» matbuot xizmatining bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyining oxirida «Barselona» 2025 yil 10 avgustdan boshlab o‘z uy stadioniga qaytishini rasman e’lon qilgan edi. «Kamp Nou» 2023 yilning yozida rekonstruksiya sababli yopilgan.
Joriy mavsum boshida esa kataloniyaliklar stadion ekspluatatsiyasi uchun litsenziya ololmagani sababli o‘z uy o‘yinlarini «Olimpik Lluís Companys» arenasida o‘tkazib kelayotgan edi.