«Barselona» yarimhimoyachisi «PSJ»ga oʻtishga yaqin turibdi
Insayder Fabritsio Romano 18 yoshli «Barselona» yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi Pedro Fernandesning klubdan ketishi ehtimoli haqida tafsilotlarni ma’lum qildi. Ilgari xabar qilinganidek, futbolchi Kataloniya klubini tark etish qarorini qabul qilgan va uning shartnomasidagi shartli to‘lov 6 mln yevroni tashkil etadi.
Romanoning xabar berishicha, Pedro Fernandesning «PSJ»ga o‘tishi bo‘yicha og‘zaki kelishuv deyarli imzolanishga yaqin.
«PSJ» yosh yarimhimoyachini o‘z saflariga qo‘shish uchun 6 mln yevrolik sotib olish opsiyasini faollashtirishni rejalashtirmoqda. Fransuz klubi Angliya va Germaniya klublaridan oldinda turibdi. Shuningdek, bu transfer jarayonida «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike ham shaxsan ishtirok etmoqda», — deb yozadi Romano X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Pedro Fernandes «Barselona» akademiyasining barcha bosqichlaridan o‘tib, 2025 yili asosiy jamoaga qo‘shilgan. Joriy mavsumda u kataloniyaliklar safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.