locale OZ

“Barselona” yarim himoyachisiga APLning 4 klubi qiziqmoqda

Uni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni “Sanderlend” boshlab yuborgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” yarim himoyachisiga APLning 4 klubi qiziqmoqda
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari e’tiboriga tushdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri The Guardian’ga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Kasadoni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni “Sanderlend” boshlab yuborgan. Shuningdek, 22 yoshli futbolchining xizmatlariga “Nyukasl”, “Aston Villa” va “Brayton” ham qiziqish bildirmoqda.

Bundan tashqari, ispaniyalik yarim himoyachiga Saudiya Arabistoni klublaridan ham takliflar bor. Biroq Kasado faoliyatini Yevropada davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Kasado o‘tgan mavsumda La Liga doirasida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. U “Barselona”ning asosiy tarkibidan joy olish uchun kurash olib bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting