locale OZ

\"Barselona\" yangi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi

Yangi uy libosida jamoa 2026/27-yilgi La Liga mavsumidagi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" yangi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi
Foto: Getty Images

"Barselona" klubi 2026/27-yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi uy libosini rasman namoyish etdi.

Yangi dizaynda klubning an'anaviy ko‘k va to‘q qizil vertikal chiziqlari saqlab qolingan. Biroq bu safar ranglar o‘rtasidagi gradient effekt libosga yanada zamonaviy ko‘rinish bergan. Shuningdek, futbolchilar familiyasi va raqamlari uchun yangi shrift ham taqdim etildi.

Klub ta'kidlashicha, yangi forma "Blaugrana yurak urishi" g‘oyasi asosida yaratilgan bo‘lib, u futbolchilar, muxlislar va klub o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalaydi. Mazkur konsepsiya "Barselona"ning avloddan avlodga o‘tib kelayotgan qadriyatlari va jamoaviy ruhini aks ettiradi.

Yangi uy libosida jamoa 2026/27-yilgi La Liga mavsumidagi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting