\"Barselona\" Yamal bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytiradi
Photo: Getty Images
"Barselona" Lamin Yamal bilan shartnomani uzaytirish borasida deyarli kelishuvga erishdi. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Qayd etilishicha, kataloniyaliklar Yamal bo‘yicha uning agenti Xorxe Mendes bilan kelishuvning yakuniy tafsilotlarini hal qilishlari kerak. Klub vinger 18 yoshga to‘lganidan so‘ng shartnomani e’lon qilmoqchi, bu 13 iyul kuni bo‘ladi.
Shartnoma 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Maosh va tovon miqdori hozirgisidan sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Yamal La Ligada 31 ta o‘yin o‘tkazdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist