«Barselona» Xulian Alvarezdan umid uzmayapti
Barselona rahbariyati hanuzgacha Atletiko hujumchisi Xulian Alvarezni jamoa uchun eng munosib markaziy hujumchi deb hisoblamoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "matraschilar" argentinalik futbolchini sotishni istamayotgan bo'lsa-da, agar Real Sosyedad hujumchisi Mikel Oyarsabalni o'z safiga qo'shib olsa, Alvarezning transferi masalasini ko'rib chiqishi mumkin.
Xabar qilinishicha, Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeone Oyarsabalni jamoada ko'rishni qattiq istamoqda. Madrid klubi allaqachon 29 yoshli ispaniyalik futbolchining vakillari bilan aloqa o'rnatgan. 20 iyul, dushanba kunidan boshlab muzokaralar yanada faollashishi kutilmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Mikel Oyarsabal barcha musobaqalarda 40 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Xulian Alvarez esa o'tgan mavsum 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.