locale OZ

\"Barselona\" Xulian Alvaresdan navbatdagi qadamni kutmoqda

"Atletiko Madrid" hujumchini qo‘yib yuborishni istamayapti va uning amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" Xulian Alvaresdan navbatdagi qadamni kutmoqda
Foto: Getty Images

"Barselona" rahbariyati "Atletiko Madrid" hujumchisi Xulian Alvares transferidan umidini uzgani yo‘q. Sport.es nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar argentinalik futbolchi klubni tark etish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamni tashlashini kutmoqda.

Manbaga ko‘ra, Alvares avvalroq "Atletiko"dan ketish istagini bildirgan. Endi esa "Barselona" transfer amalga oshishi uchun futbolchi yana bir bor o‘z pozitsiyasini ochiq namoyish etishi yoki klub rahbariyatiga bosimni kuchaytirishi kerak, deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, "Atletiko Madrid" hujumchini qo‘yib yuborishni istamayapti va uning amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Shu sababli madridliklar futbolchini faqat juda yuqori miqdordagi taklif evaziga sotishga tayyor. "Barselona" esa transfer bo‘yicha yakuniy qarorni Alvaresning keyingi harakatidan so‘ng qabul qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda "Atletiko Madrid" "Barselona" ustidan futbolchi bilan ruxsatsiz muzokaralar olib borilgani yuzasidan rasmiy shikoyat ham kiritgan. Shunga qaramay, kataloniyaliklar Xulian Alvaresni yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsadlaridan biri sifatida ko‘rishda davom etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting