locale OZ

“Barselona” Xulian Alvares transferi ustida ishlashda davom etmoqda

Shu bilan birga, “Barselona” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri transferini ham imkon qadar tezroq yakunlash ustida ishlamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Xulian Alvares transferi ustida ishlashda davom etmoqda
Foto: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares hamon “Barselona”ning transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

El Partidazo de COPE ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi “Barselona”ga o‘tishni istamoqda va bu borada “Atletiko” rahbariyatiga o‘z pozitsiyasini bildirishni rejalashtirgan. Shu tariqa, Alvares klublar o‘rtasida muzokaralar boshlanishiga turtki bermoqchi.

Shu bilan birga, “Barselona” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri transferini ham imkon qadar tezroq yakunlash ustida ishlamoqda. Kataloniya klubi yozgi transfer oynasida tarkibni bir nechta yirik futbolchi bilan kuchaytirishni maqsad qilgan.

Alvares 2025/26-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 120 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting