“Barselona” Xulian Alvares bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi
“Barselona” “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi Kataloniya klubiga o‘tishni istamoqda va “Atletiko” rahbariyatidan transferga ruxsat berishni talab qilmoqda. Biroq Madrid klubi Alvaresni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibiga sotishni istamayapti.
26 yoshli hujumchi 23-avgust kuni La Liga doirasida “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvda (2:2) maydonga tushdi. Uchrashuvdan so‘ng Alvares “Atletiko” muxlislari tomonidan hushtakbozlik bilan qarshi olingan va futbolchi jamoa bilan muxlislar oldiga chiqmasdan, darhol kiyinish xonasiga yo‘l olgan.
Shu tariqa, Alvaresning “Barselona”ga transferi futbolchining shaxsiy shartlari bo‘yicha kelishuvga qaramay, hali yakunlanmagan. Endi Kataloniya klubi “Atletiko” bilan transfer shartlari bo‘yicha kelishib olishi kerak.