«Barselona» Vlahovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
U joriy mavsumda jami 14 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovichga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi insayder Ekrem Konur.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 25 yoshli serbiyalik forvardni tekin qo‘lga kiritish maqsadida unga kattaroq maosh taklif qilishga tayyor.
Shu o‘rinda “Yuventus” ham serbiyalik forvard bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda. Ammo Dushan jamoani tark etishni istamoqda.
Vlahovich joriy mavsumda jami 14 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist