«Barselona» Vlahovich va Aslaniga e’tibor qaratgan – manba
«Barselona» joriy yozgi transfer oynasida ikki nafar markaziy hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ferran Torresning jamoani tark etishi ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli, kataloniyaliklar yana bir markaziy hujumchi transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Ko‘k-anorranglilar asosiy maqsadi hamon Atletiko hujumchisi Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda. Biroq klub rahbariyati boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqishni boshlagan.
Nomzodlardan biri — Yuventusning sobiq hujumchisi Dushan Vlahovich. 26 yoshli serbiyalikning turinliklar bilan shartnomasi yakunlangan va hozirda u erkin agent hisoblanadi. Qolaversa, Vlahovich Barselonaga o‘tish uchun maosh bo‘yicha talablarini kamaytirishga tayyor.
Shuningdek, kataloniyaliklar Xoffenhaymning 23 yoshli hujumchisi Fisnik Aslaniga ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchiga Dortmundning Borussiyasi ham da’vogar. Biroq Aslani Barselonadan taklif tushishi ehtimolini kutayotganligi uchun muzokaralarni shoshilmayapti.
Avvalroq Ferran Torres 2026 yildagi jahon chempionatidan keyin PSJga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.