locale OZ

«Barselona» Vlahovich asosiy transfer maqsadiga aylandirdi

25 yoshli Vlahovich allaqachon "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Vlahovich asosiy transfer maqsadiga aylandirdi
ФОТО: Getty images

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovich 2026 yilda "Barselona"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning keltirishicha, serbiyalik forvard “Barselona"ning asosiy maqsadiga aylangan.

25 yoshli Vlahovich allaqachon "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan. Vaziyatdan kataloniyaliklar foydalanib qolmoqchi.

Klub futbolchini 2022 yilda 80 million yevro evaziga sotib olgandi. Kataloniyaliklar ustozi Flik Vlahovichning o‘yinini yoqtiradi va uni o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting