“Barselona” vitse-prezidenti Mbappening bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilingani haqida: “Bu shunchaki sharmandalik”
Kataloniyaning “Barselona” klubi vitse-prezidenti Rafa Yuste Kilian Mbappega nisbatan chiqarilgan qaror haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, Mbappe Ispaniya La Ligasining 31-turidan o'rin olgan “Alaves”ga qarshi bahsda Antonio Blankoga ishlatgan qo'polligi uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgandi.
Shundan so'ng, fransiyalik futbolchi bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi va La Liganing 32-turidan o'rin olgan “Atletik”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
“Bunday jazo shunchaki bema'nilik. Bu dahshatli qoidabuzarlik edi va raqibni jarohatlashi mumkin edi. Bu shunchaki sharmandalik”, - deydi Yuste.
Ma'lumot o'rnida, avvalroq ispan matbuoti Mbappe 2 yoki 3 o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi haqida xabar qilgandi.