«Barselona» vingeri Rafinia «Real»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Futbolchi bugungi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan.
ФОТО: Getty images
"Barselona" vingeri Rafinia jarohati qaytalangani uchun "Real"ga qarshi Ispaniya La Ligasining 10-tur uchrashuvini o‘tkazib yuborish xavfi ostida, deya xabar berdi jurnalist va insayder Xerar Romero.
Manbaga ko‘ra, futbolchi kecha mashg‘ulotlarni erta yakunlagan va bugun "Blaugrana"ning asosiy guruhi bilan mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” – “Barselona” uchrashuvi 26-oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Turnir jadvalida “Real” 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Barselona” esa 22 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist