locale OZ

«Barselona» Viktor Tsigankovga qiziqish bildirmoqda

28 yoshli ukrainalik hujumchisi hozirda «Jirona» sharafini himoya qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Viktor Tsigankovga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubi «Jirona» vingeri Viktor Tsigankovga qiziqib qoldi, deya xabar bermoqda Diario Sport nashri. Kataloniya klubi 28 yoshli ukrainalik futbolchini hujum chizigʻini kuchaytirish uchun kamxarj variant sifatida koʻrib chiqmoqda.

Manbaning xabar berishicha, Tsigankov «Jirona» La Ligadan tushib ketganidan soʻng jamoani tark etishni istamoqda va u «Barselona»ga tekinga tushishi mumkin. Kelishuv doirasida kataloniyaliklar «Jirona»ga oʻzining yosh futbolchilarini ijaraga berish boʻyicha yordam koʻrsatishga ham tayyor.

2025/2026-yilgi mavsumda Tsigankov «Jirona» safida barcha turnirlarda 34 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Jirona» bilan shartnomasi 2027-yilga qadar moʻljallangan, biroq klubning quyi divizionga tushib ketishi uning ketishini tezlashtirishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting