locale OZ

“Barselona” va “Yuventus” Benyamin Sheshko transferi bo‘yicha aloqaga chiqdi

Transferdagi asosiy to‘siq futbolchining narxi bo‘lib, “Manchester Yunayted” hujumchisi uchun 75 million yevro talab qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” va “Yuventus” Benyamin Sheshko transferi bo‘yicha aloqaga chiqdi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” hujumchisi Benyamin Sheshko faoliyatini Yevropaning boshqa top-klubida davom ettirishi mumkin. “Barselona” va “Yuventus” 23 yoshli sloveniyalik futbolchining 2027-yildagi ehtimoliy transferi bo‘yicha dastlabki aloqalarni boshlagan. Bu haqda TuttoJuve nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, hozircha “Yuventus” Sheshko uchun kurashda “Barselona”dan oldinda turibdi, biroq tomonlardan hech biri rasmiy taklif yubormagan. Transferdagi asosiy to‘siq futbolchining narxi bo‘lib, “Manchester Yunayted” hujumchisi uchun 75 million yevro talab qilmoqda.

Sheshko 2025-yil yozida “RB Leyptsig”dan “Manchester Yunayted”ga 76,5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda esa u asosiy tarkibdan muntazam joy ololmayapti, bu esa uning kelajagi borasidagi savollarni kuchaytirmoqda.

Ma’lumot uchun, Benyamin Sheshko joriy mavsum barcha turnirlarda 6 ta uchrashuvda 2 ta gol urgan. Premyer-ligadagi 4 ta bahsning birortasida ham asosiy tarkibda maydonga tushmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting