«Barselona» va «Selta» oʻrtasidagi oʻyin vaqtida 60 yoshli muxlis yurak xurujiga uchradi
«Barselona» va «Selta» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi bo‘limi tribunadagi muxlislardan biriga tibbiy yordam ko‘rsatilgani sababli faqat 68-daqiqaga kelib yakunlandi. Mundo Deportivo nashrining xabar berishiga ko‘ra, o‘yin La Liga protokoli asosida 15 daqiqaga to‘xtatib turilgan.
Manbaning ta’kidlashicha, 60 yoshli muxlisning sog‘lig‘i yomonlashgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unda yurak xuruji kuzatilgan. Muxlis eng yaqin shifoxonaga evakuatsiya qilingan, ushbu vaqt davomida esa o‘yin to‘xtatilgan. Unga yordam ko‘rsatish uchun har ikki jamoa shifokorlari ham yetib kelishgan.
Ushbu bahsning birinchi bo‘limida «Barselona» jarohatlar sababli Joau Kanselu va Lamin Yamalni yo‘qotdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda boshqa maydonga tusha olmaydi va JCh-2026 musobaqasining dastlabki o‘yinlarini ham o‘tkazib yuborish xavfi ostida turibdi.