«Barselona» va Reshford 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnomani kelishib oldi — Skira
Futbolchi ham, klub ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekani aytilmoqda.
ФОТО: Getty images
Kataloniyaning "Barselona" klubida ijara asosida to'p surayotgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford ko'k-anorranglilar bilan to'laqonli shartnomani kelishib oldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv 2030-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi ham, klub ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekani aytilmoqda. "Manchester Yunayted" va "Barselona" o'rtasidagi ijara shartnomasida ko'rsatilgan Reshfordni sotib olish opsiyasi 30 million yevroni tashkil qiladi.
Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, ko'k-anorranglilar to'liq transferni amalga oshirishni xohlashmoqda, ammo "Manchester Yunayted"dan chegirma olishga umid qilishmoqda
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist