«Barselona» va «Real» 22 yoshli kamerunlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda
Shuningdek, unga «Man Siti», «MYU» va «Arsenal» ham daʼvogarlik qilmoqda.
FOTO: Getty Images
«Levante» hujumchisi Karl Eduard Etta Eyong bir qator Yevropa grandlari diqqat markaziga tushdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 22 yoshli kamerunlik futbolchiga «Barselona» va «Real» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, unga «Man Siti», «MYU» va «Arsenal» ham daʼvogarlik qilmoqda.
Qayd etilishicha, Eyongning transferi qishki transferlar vaqtida amalga oshishi mumkin. Biroq, futbolchi JCh-2026dan soʻng, ya'ni kelasi yozda «Levante»ni tark etmoqchi.
Maʼlumot uchun, Eyong joriy mavsum «Levante» safida 8 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist