locale OZ

«Barselona» va «PSJ» Torres transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tomonlar bir muddat transfer bonuslari masalasida kelisha olmayotgan edi.
«Barselona» va «PSJ» Torres transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
ФОТО: Getty images

"Barselona" va "PSJ" hujumchi Ferran Torresning transferi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Tomonlar bir muddat transfer bonuslari masalasida kelisha olmayotgan edi. Yakunda kataloniyaliklar 26 yoshli futbolchi bo‘yicha 50 million yevro kafolatlangan to‘lov va yana 5 million yevro bonus olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Avvalroq "Barselona" parijliklarning 40+10 million yevro miqdoridagi dastlabki taklifini rad etgan edi. Shundan so‘ng "PSJ" prezidenti Nasser Al-Xelayfi taklifni 50 million yevro kafolatlangan summagacha oshirishni ma'qullagan.

Shu tariqa, bonuslar bilan birga transferning umumiy qiymati 55 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Ferran Torres o‘tgan mavsumda "Barselona" safida barcha turnirlarda 49 ta uchrashuv o‘tkazib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.

Ispaniyalik futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting