locale OZ

«Barselona» va «Liverpul» Keniyada o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi

Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» va «Liverpul» Keniyada o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi
ФОТО: Getty images

"Barselona" va "Liverpul" mavsumoldi tayyorgarlik doirasida Keniya poytaxti Nayrobida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyul oyida Kataloniya klubi Birmingemga o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga borishni rejalashtirmoqda. Shundan so‘ng ko‘k-anorranglilar yo Marokashda mahalliy jamoa bilan o‘yin o‘tkazadi, yoki Keniyada mersisaydliklar bilan uchrashadi.

Bundan tashqari, mavsumoldi tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida “Barselona” Gamper Kubogini tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, Joan Gamper Kubogi — Kataloniya klubi tomonidan o‘tkaziladigan har yilgi o‘rtoqlik turniridir. U birinchi marta 1966-yilda kataloniyaliklar prezidenti Enrike Lyodet tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Sovrin “Barselona” asoschisi, afsonaviy prezident Joan Gamper sharafiga nomlangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting