“Barselona” va “Liverpul” “Chelsi”ning 19 yoshli iqtidoriga qiziqmoqda
“Chelsi”ning braziliyalik vingeri Estevao Villian Yevropaning bir qator top-klublari e’tiboriga tushdi. 19 yoshli futbolchiga “Barselona” va “Liverpul” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” sport direktori Deku hamda “Liverpul” skautlari Estevaoning o‘yinini yuqori baholamoqda. Biroq “Chelsi” yosh futbolchini sotishni rejalashtirmayapti va aksincha, uning maoshini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
London klubi rahbariyati Estevaoning transfer qiymatini ichki baholashda 110–120 million yevro atrofida deb hisoblamoqda. Shu sabab futbolchini qo‘lga kiritish istagidagi klublar uchun transfer juda qimmatga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Estevao joriy mavsumda “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 5 ta uchrashuv o‘tkazgan. Hozircha u gol yoki assist qayd etmagan.