«Barselona» va «Chelsi» Virtsga qiziqish bildirmoqda
Futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan.
Фото: Getty Images
Germaniyalik yarim himoyachi Florian Virts «Liverpul»ga o‘tishidan oldin Yevropaning ikki grandi — «Barselona» va «Chelsi» e’tiborida bo‘lgan.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar va londonliklar nemis futbolchisining harakatlarini kuzatib borishgan. Biroq yakunda Virts «Liverpul» variantini tanlagan. Mersisaydliklar unga boshqa klublarga qaraganda ko‘proq qiziqish bildirgan.
Virts «Liverpul» safida o‘tgan yilning yozidan buyon to‘p tepmoqda. U mersisaydliklar tarkibiga Leverkuzenning «Bayer» klubidan ko‘chib o‘tgan.
Futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan. Virtsning bozordagi qiymati esa 85 million yevro atrofida baholanmoqda.