locale OZ

“Barselona” va “Bavariya” qiziqqan Tiagu Gabriel “Lechche” bilan shartnomasini uzaytirdi

Portugaliyalik himoyachiga so‘nggi transfer oynalarida Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirgan.
“Barselona” va “Bavariya” qiziqqan Tiagu Gabriel “Lechche” bilan shartnomasini uzaytirdi
Foto: Getty Images

Italiyaning “Lechche” klubi markaziy himoyachi Tiagu Gabriel bilan yangi shartnoma imzoladi. 21 yoshli portugaliyalik futbolchining avvalgi kelishuvi 2027-yil yozida yakunlanishi kerak edi, yangi bitim esa uni klubda 2029/30-yilgi mavsum oxirigacha olib qoladi. Bu haqda “Lechche” klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar amaldagi shartnomani muddatidan oldin uzaytirishga kelishib olgan. Tiagu Gabriel so‘nggi mavsumlarda “Lechche” himoyasining muhim futbolchilaridan biriga aylandi va klub uning uzoq muddatli kelajagini ta’minlashga qaror qildi.

Portugaliyalik himoyachiga so‘nggi transfer oynalarida Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirgan. Avvalroq uning nomi “Barselona” va “Bavariya” bilan bog‘langan bo‘lsa, yozgi transfer oynasida “Milan” ham futbolchini o‘z safiga qo‘shishga jiddiy qiziqqan. Shunga qaramay, Tiagu Gabriel “Lechche”da qolib, klub bilan uzoq muddatli kelishuvga erishdi.

Ma’lumot uchun, Tiagu Gabriel “Lechche” safida hozirga qadar 46 ta uchrashuvda 4 ta gol urgan. Joriy mavsumda esa markaziy himoyachi 5 ta o‘yinda 2 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Futbolchining bozor qiymati taxminan 15 million yevroga baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting