locale OZ

«Barselona» va «Arsenal» Yulian Brandtga qiziqish bildirmoqda — manba

«Borussiya D» yarimhimoyachisi yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» va «Arsenal» Yulian Brandtga qiziqish bildirmoqda — manba
FOTO: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Yulian Brandt yozgi transfer oynasida Yevropaning yetakchi klublari diqqat markazida bo‘lishi kutilmoqda. Germaniyaning Sky Sport nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga «Arsenal» va «Barselona» jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Brandt yozda erkin agent maqomini oladi, bu esa unga yangi jamoa tanlashda katta erkinlik beradi. Dortmundliklar safida yetti yil to‘p surgan yarimhimoyachi o‘z faoliyatida yangi bosqichga chiqishni rejalashtirmoqda. Futbolchi o‘z faoliyatini Ispaniya, Italiya yoki Angliya chempionatlarida davom ettirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Hozirgi vaqtda Brandt potensial xaridorlar bilan aniq muzokaralar olib borayotgani yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, qishki transfer oynasi davomida ingliz klublaridan ikki bor taklif tushganiga qaramay, u mavsumni Dortmund klubi safida yakunlashni ma’qul ko‘rgan.

Brandt joriy mavsumda «Borussiya» libosida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urishga hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting