locale OZ

“Barselona” va “Arsenal” Angelo Shtillerga qiziqish bildirmoqda

Shtiller Germaniya klubining markaziy yarim himoyadagi asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.
“Barselona” va “Arsenal” Angelo Shtillerga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

“Shtutgart” yarim himoyachisi Angelo Shtiller Yevropaning bir qator top-klublari e’tiboriga tushdi. 25 yoshli germaniyalik futbolchiga “Barselona” va “Arsenal”dan tashqari “Yuventus” hamda “Bayer” ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mazkur klublarning skautlari Shtillerning Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 1-turida “Viking”ga qarshi o‘yinini kuzatgan. “Shtutgart” ushbu bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Shtiller Germaniya klubining markaziy yarim himoyadagi asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uning transfer qiymati qariyb 45 million yevroga baholanmoqda. Hozircha futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Shtillerning “Shtutgart” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting