Barselona uchun ko‘chirilgan o‘yin qanday o‘tadi?
28-mart kuni 27-turning ko‘chirilgan o‘yinida "Barselona" o‘z maydonida "Osasuna" bilan uchrashadi.
O‘yin 8-mart kuni "Barselona" tibbiyot xodimining vafoti sababli ko‘chirilgan edi. Xalqaro tanaffus oldidan "Barselona" klubi ajoyib formani namoyish etdi. Jamoa hisobida: ketma-ket yettita g‘alaba, 23 ta kiritilgan gol va Primera peshqadamligiga qaytish bor. Garchi "Real" va "Barselona"ning natijalarilari teng bo‘lsa-da (60 tadan)bo'lsa-da, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayli Kataloniya klubi yuqoriroq pog'onada turibdi.
"Barselona" tarkibidagi vaziyat tashvishli. Jarohatlar tufayli jamoa Mark-Andre ter Shtegen, Mark Bernal, Andreas Kristensen, Pau Kubarsi va Inigo Martines kabi o‘yinchilardan mahrum bo‘ldi. Rafinya va Ronald Arauxoning o‘yinda qatnashishi noma’lum, Mark Kasado esa may oyigacha maydonga tushmaydi.
Bunday yo‘qotishlar ro‘yxati bilan bosh murabbiy Xansi Flik yosh tarkibdan foydalanishga majbur bo‘ladi. Ushbu omillar tufayli o‘yin natijasi xamon katta qiziqish uyg'otmoqda.