locale OZ

\"Barselona\" transferlar uchun 210 million yevro kredit olmoqchi

Xabarlarga ko‘ra, klub ushbu mablag‘ni kelajakdagi teletranslyatsiya huquqlaridan olinadigan daromadlar evaziga ta'minlamoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" transferlar uchun 210 million yevro kredit olmoqchi
Foto: Getty Images

"Barselona" yozgi transfer oynasida yirik xaridlarni amalga oshirish maqsadida 210 million yevro miqdorida kredit jalb etishni rejalashtirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, klub ushbu mablag‘ni kelajakdagi teletranslyatsiya huquqlaridan olinadigan daromadlar evaziga ta'minlamoqchi. Bunga "Kamp Nou" stadioni rekonstruksiyasining cho‘zilib ketgani sababli yuzaga kelgan moliyaviy bosim ham sabab bo‘layotgani aytilmoqda.

Kataloniyaliklarning asosiy transfer maqsadi hali ham Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, klub Karim Adeyemi transferini ham yakunlashga yaqin ekani aytilmoqda.

Shu tariqa, "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish niyatidan voz kechmayapti.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting